Simptomlar va tashxislash
Sistit

O‘tkir, murakkablashmagan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasi albatta ayollardagi 1-raqamli muammodir. Nima uchun sistit erkaklarga qaraganda ayollarda ko‘proq uchrashining sababi ularning anatomik tuzilishlaridadir.

Ayol siydik yo‘li erkaklarnikiga (uzunligi taxminan 20 sm) qaraganda ancha qisqaroq (4 sm) bo‘lgani uchun bakteriyalarning siydik pufagiga kirishi osonlashadi. Bundan tashqari siydik yo‘li orqa chiqarish teshigiga yaqin joylashganligi sababli ayollarda ayniqsa sistitinig (siydik pufagining yallig‘lanishi) asosiy sababi bo‘lgan E. coli bakteriyasining siydik yo‘liga kirishi osonroqdir2.

Siydik pufagi shamollaganda!

Ko‘pgina omillar sistitning yuzaga kelishiga hissa qo‘shadi.

  • Jinsiy a’zolar sohasidagi shamollash
  • Tez-tez jinsiy aloqa qilish
  • Menopauza davomidagi ayollar garmoni darajalaridagi o‘zgarishlar
  • Jinsiy zonalar spreylari, diafragmalar, spermitsid geldan foydalanish

O‘tkir sistitning klassik simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • siyish paytidagi o‘tkir og‘riq va achishish hissi
  • Doimiy tarzda siyish hissi bilan yurishistagini his qilish
  • Siydik pufagi spazmlari

Simptomlar juda yoqimsiz va ular salomatligingizga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, lekin ular odatda oson davolanishga yaxshi javob beradi. Agar o‘z vaqtida davolansa, simptomlar odatda tezda yaxshilanadi va hech qanday asoratlar qolmaydi.

Murakkablashmagan siydik yo‘llari infektsiyalari kamdan-kam hollarda isitma bilan kechadi va ular hech qachon yoningizda yoki orqangizda og‘riqni yuzaga keltirmaydi. Agar bunday simptomlar paydo bo‘lsa, bu infektsiya buyrak jomiga o‘tgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda, agar siydikda qon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

O‘tkir sistitning oldini olish va davolash

Cystinol sizga o‘tkir sistit yoki takroriy siydik yo‘llari infeksiyalari bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar beradi. Shunday qilib, siydik yo‘llari infeksiyalari uchun imkoniyat qolmaydi.