Siydik pufagi muammolari uchun Cystinol
O‘tkir sistitmi? Cystinol akut

Cystinol akut qoplangan tabletkalar o‘tkir, murakkablashmagan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarini davolash uchun giyohlardan tayyorlangan dorini taklif etadi.

Uning bakteriyalarga qarshi1,2 ta’siri siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarining eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchilari bo‘lgan organizmlarga qaratiladi3. Odatda bakteriyalarga qarshi davolash vaqtida yuzaga keluvchi qarshilik ehtimoli juda past4.

Qachon, qanchalik tez-tez, qancha miqdorda:
Cystinol aktut qoplangan tabletkalar qanday qabul qilinadi

Simptomlar:

O‘tkir sistitning klassik simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • siyish paytidagi o‘tkir og‘riq va achishish hissi
  • Doimiy tarzda siyish hissi bilan yurishistagini his qilish
  • Siydik pufagi spazmlari

Dozalari:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar kuniga 3 mahal 2 tabletkadan qabul qiladilalr. Qoplangan tabletkalarni ovqatdan keyin ko‘p miqdorda suyuqlik, yaxshisi suv bilan ichish kerak.

Qo‘llash davomiyligi:

Cystinolning faol moddasi – arachagul barglarining quruq ekstrakti tarkibida fenol glikozid arbutin mavjud. Tarkibida arbutin mavjud bo‘lgan dori vositalari har bir holatda 1 haftadan
uzoq bo‘lmagan muddat va tibbiy tavsiya berilmagan holda yiliga 5 martadan ortiq bo‘llmagan tarzda qabul qilinishi kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 2 ta tabletka
kuniga 3 mahal

Cystinol akut qoplangan tabletkalar qanday ishlaydi

Cystinol akut qoplangan tabletkalarning bakteriyalarga qarshi ta’sirining asosi1,2 bu giyohdan tayyorlangan dorilarda mavjud bo‘lgan va archagul barglari ekstraktining asosiy tashkil qiluvchisi bo‘lgan faol modda – arbutin hisoblanadi.
Arbutin dastlab faol bo‘lmaydi va faqat tanada u siydik bilan chiqariladigan gidroxinon birikmalari deb ataladigan narsaga aylanadi.

E. coli bakteriyalari bu gidroxinon birikmalarini oʻzlashtiradi va ularni faol modda boʻlgan erkin gidroxinonga parchalaydi. Faol modda asosan faqat bakteriyalar ichida chiqarilganligi uchun uning samaradorligiga siydikning pH darajasi ta’sir qilmaydi. Shuning uchun Cystinol akutni qabul qilganda, siydikni ishqoriy qilish uchun bir vaqtning o‘zida dietangizga biron bir o‘zgartirish kiritish yoki natriy bikarbonat (pishirish sodasi) olishning hojati yo‘q.

Archagul barglari ekstraktida mavjud bo‘lgan bakteriyalarga qarshi1,2 va yallig‘lanishlarga qarshi ingrediyentlar tufayli murakkablashmagan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarining odatiy, yoqimsiz simptomlarini Cystinol akut yordamida pasaytirish mumkin.

Ta’sir qilish mexanizmi

 

Dorivor o‘simliklar urologiyada
Ta’sir qiluvchi moddalar

Quyi siydik yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida, buyrak toshlari va loyqani tozalash va oldini olish uchun archaguli barglari va zolotarnik, ayniqsa, ortosifon va restrat samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Ko‘proq ma’lumotlar olish