Bakteriyalarga qarshi ta’sir1,2:

Archagul barglari

Archaguli (lotincha Uva ursi) — doimiy yashil oʻrmalovchi buta boʻlib, u xuddi chernika oʻsimligi kabi archagullilar oilasiga kiradi. U o‘rta asrlardan beri dorivor o‘simlik sifatida mashxur va birinchi marta ingliz tilidagi o‘simliklar to‘g‘risidagi kitoblarda 13-asrda tilga olingan.

Hozirda biz bilamizki, archaguli o‘simligining barglarida siydik yo‘llari infektsiyasining eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchilarini o‘ldirish orqali bakteriyalarga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi moddalar mavjud1,2,3. Archaguli barglari tarkibidagi moddalar yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ham ega va shuning uchun ular quyi siydik yo‘llari (masalan, siydik pufagi) yallig‘langan shilliq pardalarini davolashga yordam berishi mumkin.

1994-yildan beri ushbu xususiyatlar "rasman tan olingan": Bakteriyalarga qarshi ta’sir tasdiqlangan va uning yallig‘lanish sharoitlarida qo‘llanilishi Bundesgesundheitsamt E qo‘mitasi (sobiq Germaniyaning dori vositalarini tartibga soluvchi organi) monografiyasida tan olingan4.

Urologiyada dorivor o‘simliklar

Quyi siydik chiqarish yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida, buyrak toshlari va loyqani tozalash va oldini olish uchun archaguli barglari va zolotarnik, ayniqsa, ortosifon va restrat samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Boshlang‘ich materiallarning farmatsevtik sifati eng zamonaviy va farmakopeya standartlariga muvofiq sinovdan o‘tkaziladi (farmakopeya = dori vositalarining rasmiy to‘plami). Schaper & Brümmer tomonidan qo‘llaniluvchi standart ishlab chiqarish protseduralari ekstraktlarning barqaror sifatini kafolatlaydi.

Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma

Sistitni davolash uchun giyohlardan tayyorlanuvchi dorilar

Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari bo‘yicha qo‘llanmamiz sizga o‘tkir sistit va siydik chiqarish yo‘llarining takroriy infeksiyalari
bo‘yicha maslahatlar va tasviyalar beradi. Shunday qilib, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari uchun imkoniyat yo‘q, o‘simliklarimiz:
archaguli bargi, zolotarnik, ortosifon va restrat haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun yo‘riqnomamizdan foydalaning.

Giyohlardan tayyorlanuvchi dorilar mavzusi bo‘yicha yo‘riqnomali maqola